Ipoteka mahsulotlari

Qarz oluvchilarga qo'yiladigan talablar

1
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan katta bo‘lmagan bo‘lishi.
2
Doimiy ish va doimiy daromad ga ega bo’ling
3
Qarz yuki 70% dan oshmasligi kerak
4
Kvartira qiymatining kamida 15% i miqdorida ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki to‘lov
5
Narxning qolgan qismini to’lash imkoniyati, uy-joyning taxminiy narxidan oshadi
6
Ilgari olingan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzlarning yo’qligi

Subsidiyalar

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali daromadi yuqori bo‘lmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa aholi qatlamlariga ko‘maklashish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vavzirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martda 182-sonli qarori bilan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan.

Nizom quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish;

uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza berish, ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash;

tuman (shahar)da uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalarini ko‘rib chiqish;

sotib olinadigan uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni to‘lab berish tartibi.

Nizomda Davlat xizmatlari agentligi hududiy bo‘linmalari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlash jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlari;

tegishli tashkilotlar tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlashda foydalaniladigan ma’lumotlar (hujjatlar) istisno tariqasida to‘lovlarsiz amalga oshirilishi;

har yili davlat budjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birlamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshirilishi belgilangan

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Markaz bilan birgalikda 2020 yil 1 iyulga qadar uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni ballar asosida baholash dasturiy ta’minot tizimi yaratilishini va YAIDXPga integratsiyalashuvini ta’minlashi va kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi dasturiy ta’minotning operatori etib belgilanganishi ko‘zda tutilgan.

Ariza beruvchi quyidagi talablar asosida ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi belgilanadi:

1.Ariza beruvchi va uning oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslar, birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning, yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallika chalingan bolani parvarishlayotgan ayollarning mavjudligi;

2.Ariza beruvchini turar joyda ijara shartlari asosida yoki boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashi;

3.Ariza beruvchi va xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlarining (arizada ko‘rsatilgan holatlarda) daromadlari mavjudligi;

4.Ariza beruvchining kam ta’minlanganligi;

5.“Mehnat — migratsiya” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi (oshirganligi);

6.Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘i va farzandlarida mulk huquqi bilan turar joyning bor-yo‘qligi, yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi, uy-joy umumiy maydonining bir shaxs uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normaga muvofiq emasligi;

7.Ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar — toifasiga mansubligi;

8.Ariza beruvchining alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligi;

9.Ariza beruvchining yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar toifasiga mansubligi;

10.Ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi)ning ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha to‘lov qobiliyati mavjudligi, kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarining mavjud emasligi.

Agar ariza beruvchining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori belgilangan me’yorlardan kam bo‘lsa, uning daromadlari hisob-kitobiga xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlari) daromadlari ham kiritilishi mumkin.

Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi yoki ma’lumotlarni taqdim etadi:

1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari;

2. Oila a’zolarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to‘liq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzandlar mavjud bo‘lgan taqdirda) va (yoki) farzandlar tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar mavjud bo‘lgan taqdirda) nusxalari;

3. Belgilangan tartibda nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi to‘g‘risida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati to‘g‘risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda);

4. Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa);

5. Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo‘yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa);

6. Ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (qo‘shimcha daromadlar bo‘lsa soliq deklaratsiyasi).

Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani uning oila a’zolari berishi mumkin.

Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ariza beruvchilarga to‘lovlarsiz amalga oshiriladi.

Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza berish muddati yilning 1-martidan 1-oktabrgacha etib belgilanadi. Ushbu muddat tugagandan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali taqdim etiladigan hujjatlar va ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.

YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda ariza beruvchi anketa-arizaga asosan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zi kiritadi.

Ariza beruvchi taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholash quyidagi mas’ul tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi:

tibbiyot birlashmasi;

ichki ishlar bo‘limi (boshqarmasi);

moliya bo‘limi;

davlat soliq inspeksiyasi;

aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;

yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi;

tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari;

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi;

tuman (shahar) hokimligi;

ishtirok etuvchi tijorat banklari.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida mas’ul tashkilotlar ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi va ballar ko‘rinishida baholaydi.

Ballar bu uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholar to‘plami hisoblanadi.

Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda talabgor sifatida tan olinib, uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi.

Uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy¶mezonlari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Т/р Mezonlar Ball Mas’ul organ
I. Ariza beruvchi va/yoki uning oilasining daromadi(mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori MHTEKM asosida
Qishloq joylarda (tuman va tuman markazlari)*
1. MHTEKMning 3,8 dan kam bo‘lmagan 4,5 dan ko‘p bo‘lmagan 10 Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi
2. MHTEKMning 4,6 dan kam bo‘lmagan 5,2 dan ko‘p bo‘lmagan 6
3. MHTEKMning 5,3 dan kam bo‘lmagan 5,8 dan ko‘p bo‘lmagan 2
Shaharlarda(Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlari)*
1. MHTEKMning 4,0 dan kam bo‘lmagan 5,0 dan ko‘p bo‘lmagan 10 Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi
2. MHTEKMning 5,1 dan kam bo‘lmagan 6,0 dan ko‘p bo‘lmagan 6
3. MHTEKMning 6,1 dan kam bo‘lmagan 6,5 dan ko‘p bo‘lmagan 2
Toshkent shahrida*
1. MHTEKMning 4,5 dan kam bo‘lmagan 6,0 dan ko‘p bo‘lmagan 10 Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi
2. MHTEKMning 6,1 dan kam bo‘lmagan 7,5 dan ko‘p bo‘lmagan 6
3. MHTEKMning 7,6 dan kam bo‘lmagan 9,0 dan ko‘p bo‘lmagan 2
II. Hozirgi turar joy maqomi**
1. Ijara (er-xotin o‘z mulkida uy-joyi mavjud emas) 20 Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi,Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi
2. Egasining ruxsati bilan tekin turar joy (er-xotin o‘z mulkida uy-joyi mavjud emas)
III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar
1. “labor-migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tgan mehnat migranti 10 Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazi
2. Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 10 Tuman (shahar) hokimligi
3. Alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar 10 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi
4. Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar*** 10 Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi
5. Yagona (yolg‘iz) boquvchiga ega bo‘lgan oila (erkak yoki ayol) 9
6. Boshqalar 0
IV. Ariza beruvchi va uning oilasidagi shaxslarningquyidagi toifaga mansubligi****
1. Birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxs 10 Tuman tibbiyot birlashmasi xulosasi
2. Surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi 10
3. Og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan 10
Jami ball: 50

*) O‘rtacha oylik daromadi:

qishloq joylarda – MHTEKMning 3,8 baravaridan kam va 5,8 baravaridan ko‘p;

shaharlarda – MHTEKMning 4,0 baravaridan kam va 6,5 baravaridan ko‘p;

Toshkent shahrida – MHTEKMning 4,5 baravaridan kam va 9,0 baravaridan ko‘p bo‘lgan oilalarga subsidiya ajratilmaydi.

 

**) To‘liq o‘z mulkida uy-joyga ega bo‘lgan oilalar (er yoki xotin)ga subsidiya ajratilmaydi.

 

***) III bo‘limdagi “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar” mezoni bo‘yicha 10 ball olgan nomzodlarga IV bo‘lim mezonlari bo‘yicha ball berilmaydi.

Shuningdek, IV bo‘lim mezonlari bo‘yicha 10 ball olgan nomzodlarga III bo‘limdagi “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar” mezoni bo‘yicha ball berilmaydi.

 

****) IV bo‘lim bo‘yicha ball bitta mezonga beriladi.

Komissiya arizalarni navbat asosida ularning qayd etilishi ketma-ketligiga muvofiq ko‘rib chiqadi. Komissiya yig‘ilishlari, ularning oshkoraligi va xolisligini ta’minlash maqsadida uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi hamda tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat bo‘limida uch yil mobaynida saqlanadi.

Komissiya talabgorlarni aniqlash bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar, mas’ul tashkilotlarning baholash natijalarini olgan kundan boshlab 7 ish kuni ichida ularning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqadi.

Komissiya taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar asosida hamda ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra ariza beruvchiga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida komissiya elektron reyestrni yuritadi.

Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha komissiya yig‘ilishining bayonnomasi rasmiylashtirilib, subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida komissiyaning QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan qarori qabul qilinadi va tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga xabarnoma yuboriladi. Ushbu xabarnoma Davlat xizmatlari markazi tomonidan bir ish kunida ariza beruvchiga yuboriladi.

YIDXP orqali elektron tarzda murojaat etilganda komissiya tomonidan subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.

Komissiya – tegishli tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlangan tuman (shahar)da subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish bo‘yicha quyidagi namunaviy tarkibda shakllantiriladi.

_______________ tumani (shahri)da subsidiya

to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish

bo‘yicha komissiyaning namunaviy

TARKIBI

Lavozimiga ko‘ra Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Komissiya raisi
Lavozimiga ko‘ra Tuman (shahar) xalq qabulxonasi rahbari, Komissiya raisi o‘rinbosari
Lavozimiga ko‘ra Tuman (shahar) hokimi o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i
Lavozimiga ko‘ra Tuman (shahar) moliya bo‘limi boshlig‘i
Lavozimiga ko‘ra Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori
Lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi rahbari
Lavozimiga ko‘ra Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi rahbari
Lavozimiga ko‘ra Ishtirok etuvchi tijorat bankining tuman (shahar) filiali rahbari
Lavozimiga ko‘ra Tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat bo‘limi boshlig‘i*, Komissiya kotibi

*) Toshkent shahrining tumanlarida iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i.

Talabgor subsidiya to’lanishi to’g’risidagi ijobiy xabarnomani olgandan so’ng o’zining real daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib mo’ljallayotgan uy-joyni, uning hisoblangan qiymatidan oshmagan haqiqiy qiymatini inobatga olgan holda ipoteka krediti orqali sotib olish bo’yicha xususiy qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to’g’risidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo’yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro o’ziga tegishli bo’lgan badal mablag’larini bankdagi hisobvarag’iga joylashtirganligi to’g’risidagi ma’lumotnomani hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.

Tijorat banki bir ish kuni ichida tuman (shahar) g’aznachilik bo’limlariga boshlang’ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini to’lashga buyurtmanomani yuboradi.

Tuman (shahar) g’aznachilik bo’limlari uch ish kuni mobaynida ipoteka krediti bo’yicha boshlang’ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan ko’rsatilgan hisobvarag’iga o’tkazib beradi.

Sotib olinadigan uy-joylar bo’yicha ipoteka kredit shartnomasi talabgor tomonidan to’lanishi lozim bo’lgan boshlang’ich badal to’liq shakllantirilgandan (boshlang’ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya to’langan hollarda – subsidiya summasi o’tkazilgandan) so’ng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir ish kunida ipoteka krediti shartnomasini tuzadi.

Talabgor tomonidan ipoteka krediti shartnomasi boshlang’ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi o’tkazilgan sanadan boshlab o’ttiz kun ichida uzrli sabablarsiz rasmiylashtirilmagan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki subsidiya mablag’larini tuman (shahar) g’aznachilik bo’limining tegishli hisobvarag’iga qaytaradi.

Talabgorlarga shahar va qishloq joylarda uy-joylarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratilgan kundan boshlab ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan uch ish kuni ichida tuman (shahar) g’aznachilik bo’limlariga ipoteka kreditlari bo’yicha to’lovlarni qaytarish grafiklari ilova qilingan holda foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar to’lashga buyurtmanomalar bilan talabgorlarning tegishli hisobvaraqlari rekvizitlari yuboriladi.

Tuman (shahar) g’aznachilik bo’limlari tomonidan ipoteka kreditlari bo’yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar summasi har oyning 25 kuniga qadar o’tkazib beriladi.

 

 

 

 

Subsidiya to’lash sxemasi

1-bosqich Talabgor O’zining real daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib mo’ljallayotgan uy-joyni, uning hisoblangan qiymatidan oshmagan haqiqiy qiymatini inobatga olgan holda ipoteka krediti orqali sotib olish bo’yicha xususiy qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi. Subsidiya berish to’g’risidagi qarorni olgandan so’ng 1 oy mobaynida
Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to’g’risidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo’yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro o’ziga tegishli bo’lgan badal mablag’larini bankdagi hisobvarag’iga joylashtirganligi to’g’risidagi ma’lumotnomani hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.
2-bosqich Ishtirok etuvchi

tijorat banki

va moliya bo’limi

1. Ishtirok etuvchi tijorat banki talabgorning hujjatlarini o’rganib chiqadi.

2. Ajratiladigan ipoteka krediti bo’yicha davlat byudjetidan talabgorga qoplab berilishi mumkin bo’lgan subsidiya summasini aniqlaydi.

3 ish kuni mobaynida
3-bosqich Ishtirok etuvchi

tijorat banki

Tuman (shahar) g’aznachilik bo’limlariga boshlang’ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini to’lashga buyurtmanoma yuboradi. 1 ish kuni ichida
4-bosqich Hududiy g’aznachilik bo’limi Ipoteka krediti bo’yicha boshlang’ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan ko’rsatilgan hisobvarag’iga o’tkazib beradi. 3 ish kuni mobaynida
5-bosqich Ishtirok etuvchi tijorat banki Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish to’g’risida shartnoma imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi. 1 ish kuni mobaynida
Ipoteka kreditini ajratish to’g’risida shartnoma va unga ilova (to’lovlar jadvali)ni ipoteka krediti foizini har oyda to’lab borish uchun subsidiya ajratilishi bo’yicha hududiy g’aznachilik bo’limlariga yuboradi. Ipoteka krediti taqdim etilganidan so’ng 3 ish kuni mobaynida
6-bosqich Hududiy g’aznachilik bo’limi Ipoteka foizlarining bir qismini qoplash uchun mablag’larni o’tkazib boradi. Har oyning 25 sanasigacha

Qonunchilik bazasi

07.12.2020 PF-6126-son
Ipoteka krediti mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasi prezidenti va o‘zbekiston respublikasi hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
05.08.2021 PF-6274-son
Ipoteka krediti mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
28.11.2019 PF-5886-son
Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
13.05.2019 PF-5715-son
Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
УП-33 ОТ 09.12.2021Г
Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Yangiliklar

Ипотека кредити ўзи нима?

Ипотека кредити — бу, содда қилиб айтганда, уй-жой харид қилиш учун муайян гаров (кўчмас мулк) эвазига банк томонидан бериладиган...

Ипотека маркази — халқ хизматида

Ўзбекистондаги илк Ипотека марказининг Telegram'даги расмий саҳифасига хуш келибсиз. Ипотека маркази — бу турар жой бинолари хонадонларини ипотека кредити асосида...

Ипотечный кредит

Цель кредита В целях улучшения жилищных условий населения, физическим лицам ипотечные кредиты на приобретение на первичном рынке жилья квартир в многоквартирных жилых домах.
Требования к заемщику Гражданин Республики Узбекистан достигшие 18 лет не старше 60 лет, в день подачи заявления на ипотечный кредит.
Максимальная сумма кредита 416.5 млн. сумов
Срок кредитования До 20 лет
Льготный период 6 месяцев (по желанию клиента)
Проценты по кредиту От 17%
Первоначальный взнос От 15%
Требования к потенциальным со заемщиков Физические лица участвующие в ежемесячной выплате основной суммы и процентов ипотечного кредита, а также несут солидарную ответственность по кредиту.
Долговая нагрузка При расчёте долговой нагрузки размер среднемесячного дохода заёмщика и созаёмщика рассчитывается как среднее арифметическое суммы дохода, полученного ими за последние 12 месяцев (в случаи менее 12 месяцев за период работы) (70-80%)
Кредитная история Лица, не имеющие просроченной задолженности по кредитам, ранее полученным в кредитных организациях на момент рассмотрения вопроса о предоставлении ипотечного кредита.
График платежей Аннуитетным или дифференцированным методом (по желанию клиента)
Досрочное погашение В любой момент без применения штрафов и пений

Ипотечный кредит по субсидии

Цель кредита В целях улучшения жилищных условий населения, физическим лицам ипотечные кредиты на приобретение на первичном рынке жилья квартир в многоквартирных жилых домах.
Требования к заемщику Гражданин Республики Узбекистан достигшие 18 лет не старше 60 лет, в день подачи заявления на ипотечный кредит.
Максимальная сумма кредита Субсидии по условиям 2022 года До 416.5 млн. сумов
Субсидии по условиям до 10.12.21 года Максимальная сумма кредита указана на повестке о субсидии
Срок кредитования До 20 лет
Льготный период 6 месяцев (по желанию клиента)
Проценты по кредиту от 10%
Субсидия на первоначальный взнос Субсидии по условиям до 10.12.21 года 10% по повестке субсидии
Субсидии по условиям 2022 года 32 млн сум
Первоначальный взнос От 5%
Требования к потенциальным со заемщиков Физические лица участвующие в ежемесячной выплате основной суммы и процентов ипотечного кредита, а также несут солидарную ответственность по кредиту;
Долговая нагрузка При расчёте долговой нагрузки размер среднемесячного дохода заёмщика и созаёмщика рассчитывается как среднее арифметическое суммы дохода, полученного ими за последние 12 месяцев (в случаи менее 12 месяцев за период работы) (70-80%)
Кредитная история Лица, не имеющие просроченной задолженности по кредитам, ранее полученным в кредитных организациях на момент рассмотрения вопроса о предоставлении ипотечного кредита.
График платежей Аннуитетным или дифференцированным методом (по желанию клиента)
Досрочное погашение В любой момент без применения штрафов и пений

Ипотечный кредит на этапе строительства

Цель кредита Ипотечный кредит для участников долевого строительство на покупку квартиры в новостройках города Ташкент.
Объект кредитование На приобретение квартир в многоквартирных домах на первичном рынке, строительство которых не завершено и ожидается сдать эксплуатацию в течении 12 месяцев.
Требования к заявителям/созаёмщикам на получение ипотечного кредита: ·  граждане Республики Узбекистан в день подачи заявки на получение ипотечного кредита достигшие 18 лет, и возраст которых не превышает 60 лет;·  граждане, имеющие постоянное место работы, постоянный доход от
личного подсобного и дехканского хозяйства, или от индивидуальной предпринимательской деятельности, достаточный для ежемесячной уплаты начисленных процентов и погашения основного долга по ипотечному кредиту согласно графику платежей;·  показатель долговой нагрузки на уровне не более 70 процентов;·  не иметь на дату рассмотрения заявки на получение ипотечного кредита просроченной задолженности по кредитам, ранее полученным от кредитных организаций.·  не иметь на дату рассмотрения заявки на получение ипотечного кредита на приобретение жилья в многоквартирных домах или реконструкцию жилья ранее полученные ипотечные кредиты согласно УП-5886 от 28 ноября 2019 года за счёт ресурсов Министерства Финансов Республики Узбекистан.
Максимальная сумма кредита 416,5 млн. сум
Первоначальный взнос от 15%
Максимальный срок кредита 240 месяцев.
Льготный период по погашению основного долга До 6 месяцев.
Процентная ставка по кредиту От 20%
Погашение процентов/Тип графика Ежемесячно аннуитетный или дифференциальный расчёт
Обеспечение кредита Приобретаемое недвижимое имущество за счёт кредитных средств после государственной регистрации и оформления прав собственности на квартиру.
Досрочное погашение В любой момент без применения штрафов и пений

Ипотечный кредит большая квартира

Цель кредита Ипотечный кредит на покупку квартиры в новостройках города Ташкент и в регионах Республики Узбекистан за счёт средств Министерства Финансов
с возможностью финансирования недостающей части от договорной суммы квартиры за счёт собственных средств Банка в размере не превышающий
400,0 млн.сум
Объект кредита На приобретение квартир на первичном рынке, вновь построенных и сданных в эксплуатацию многоквартирных домов
Требования к заявителям/созаёмщикам на получение рефинансирования: ·  граждане Республики Узбекистан в день подачи заявки на получение ипотечного кредита достигшие 18 лет, и возраст которых не превышает 60 лет;·  граждане, имеющие постоянное место работы, постоянный доход от
личного подсобного и дехканского хозяйства, или от индивидуальной предпринимательской деятельности, достаточный для ежемесячной уплаты начисленных процентов и погашения основного долга по ипотечному кредиту согласно графику платежей;·  показатель долговой нагрузки на уровне не более 70 процентов;·  не иметь на дату рассмотрения заявки на получение ипотечного кредита просроченной задолженности по кредитам, ранее полученным от кредитных организаций.·  не иметь на дату рассмотрения заявки на получение ипотечного кредита на приобретение жилья в многоквартирных домах или реконструкцию жилья ранее полученные ипотечные кредиты согласно УП-5886 от 28 ноября 2019 года за счёт ресурсов Министерства Финансов Республики Узбекистан.
Максимальная сумма кредита До 816,5 млн. сум
Первоначальный взнос От 20%
Срок кредитования До 240 месяцев.
Процентная ставка по кредиту ·  17% годовых (кредиты до 416,5 млн сум);·  От 21-23% (на сумму кредита свыше 416,5 млн сум) исходя из первоначально взноса.
Тип графика Ежемесячно аннуитетный или дифференциальный расчёт
Досрочное погашение В любой момент без применения штрафов и пений

Ипотечный кредит на Коммерческую недвижимость

Цель кредитование Приобретение коммерческой недвижимости (офисное помещение, торговый бытовой комплекс, административные здания и т.д.)
Объект кредитование ·       Коммерческая недвижимость (офисное помещение, торговый бытовой комплекс, административные здания и т.д.).
Заемщик ·       Хозяйствующие субъекты, резиденты   Республики Узбекистан, осуществляющие свою хозяйственную деятельность с момента регистрации не менее 1 года;
Максимальная сумма кредита ·       До 5 млрд. сум.
Первоначальный взнос ·      bankning tarif siyosati asosida
Срок кредита ·       до 36 месяцев.
Льготный период по погашению основного долга ·       до 6 месяцев.
Размер процентной ставки ·       от 25% годовых.
Обеспечение кредита ·       Залог недвижимого имущество виде коммерческой недвижимости (офисное помещение, торговый бытовой комплекс и административные здания) со сроком эксплуатации не более 10 лет;·       Дополнительно в качестве залога заемщик предоставляет приобретаемое за счет кредита коммерческое недвижимое имущество на сумму не менее 80% от стоимости имущество;
Требования к размеру обеспечения ·       не менее 125%, по связанным лицам с Банком не менее 130% от суммы кредита;